Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechen blogeri o`ldirib ketildi

Dunyo 05.12.2022, 12:54
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechen blogeri o`ldirib ketildi

Chechenistonning taniqli tanqidchisi, bloger Tumso Abdurahmonov Shvesiyada o`ldirildi, deb xabar berdi Chechen muxolifatining 1ADAT telegram kanali “Evropa va Chechenistondan kelgan axborotchilar” ma`lumotlariga tayanib. Bu haqda "meduza" yozmoqda

“Tumso tunda bir guruh odamlar tomonidan otib tashlangan va hozirda qotillik tafsilotlari o`rganilmoqda”, — dedi 1ADAT. Ular boshqa tafsilotlarni keltirishmadi, biroq maxsus xizmatlar Tumso Abdurahmonovning ukasini yashirganini qayd etishdi.

"Ozodlik" radiosining xabar berishicha, Abdurahmonovning sheriklariga ko`ra, u 2 dekabrga o`tar kechasi o`ldirilgan. Nashr boshqa tafsilotlarni keltirmaydi. Shvesiya huquq-tartibot idoralari bu borada hozircha izoh bermagan.

Dekabr oyi boshida Tumso Abdurahmonov aloqani to`xtatdi. Huquq himoyachilari uning bedarak yo`qolganini aytishgan. O`shanda ham bloger o`ldirilgan bo`lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq o`sha paytda bu tasdiqlanmadi.

Ma`lumot uchun: Tumso Abdurahmonov Checheniston hukumatini tanqid qilgani bilan tanilgan. 2015 yilda u Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari bilan mojaroga uchragach, Rossiyani tark etgan. U Shvesiyada siyosiy qochqin maqomini oldi. Chechenistonda Abdurahmonov "Islomiy davlat" bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 2020 va 2021 yillarda Abdurahmonov va uning ukasi Muhammadning hayotiga suiqasd qilingan. 2021 yil dekabr oyida Tumso Abdurahmonov Chechenistonda uning to`qqiz nafar qarindoshi o`g`irlab ketilgani haqida xabar bergan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1