1

"O`zgidromet" 8 dekabr kungi ob-havo prognozlarini e`lon qildi

Jamiyat 07.12.2022, 20:04
"O`zgidromet" 8 dekabr kungi ob-havo prognozlarini e`lon qildi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 8 dekabr uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Toshkent shahri

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 0-2° sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°sovuq, ba`zi joylarda 20°sovuqgacha, kunduzi 4-9° sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyati

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, ba`zi joylarda 10°sovuqgacha, kunduzi 3°sovuq-2° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17°sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, ba`zi joylarda 10°sovuqgacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyati

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyati

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog`adi, tuman tushadi. Qor ko`chish xavfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1