1

O`zbekistonda aholi jon boshiga YaIM o`sishi pasaydi

Jamiyat 08.12.2022, 18:58
O`zbekistonda aholi jon boshiga YaIM o`sishi pasaydi

O`zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o`sish tezligi sekinlashdi. Bu haqda Davlat Statistika qo`mitasi xabar berdi.

Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 % ga o`sgan. 

Ushbu ko`rsatkich 2021 yilning mos davrida 5,3 % ga o`sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning o`sishi o`tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 % ga sekinlashgan.

Yillar kesimida aholi jon boshiga YaIMning o`sish (kamayish) sur`atlari: 

2018 yil yanvar-sentyabr – 3,8 %;

2019 yil yanvar-sentyabr – 3,7 %;

2020 yil yanvar-sentyabr – -1,4 %;

2021 yil yanvar-sentyabr – 5,3 %;

2022 yil yanvar-sentyabr – 3,6 %.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1