AsosiyJamiyat

Qo`rg`ontepada talabalar uchun bepul avtobuslar yo`lga qo`yildi

'Qo`rg`ontepada talabalar uchun bepul avtobuslar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Qo`rg`ontepalik talabalar Andijondagi oliygohlarga bepul eltib qo`yiladi va uylariga bepul olib kelinadi. Ushbu tashabbus ta`lim olayotgan yoshlarning qish mavsumidagi yo`l qatnovida yuzaga kelgan turli noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida Qo`rg`ontepa tumani hokimligi hamda tumandagi faol fermer va tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. 

Talabalar uchun Qo`rg`ontepaning 8 ta hududiga (Markaz, Qo`rg`ontepa, Qorasuv, Sultonobod, Dardoq, Chimyon, Qo`shtepa, Savoy qishloqlariga) jami 11 ta avtobuslar yuboriladi.  

 

Talabalar yakshanba kuni o`zlari yashovchi hududlaridan avtobusga o`tiradilar va o`qish joyiga qadar eltib qo`yiladilar. Shanba kuni esa, o`qish joylari oldidan uylariga qadar olib kelinadi. Buning uchun tuman hokimligi maxsus chipta joriy qildi.

Bugun, 11 dekabr kuni birinchi qatnov amalga oshirildi. 

    Boshqa yangiliklar