AsosiyJamiyat

Samarqanddagi "Bog`izag`on" podstansiyasida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Samarqanddagi "Bog`izag`on" podstansiyasida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 11 dekabr kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi elektr podstansiyasida yong`in chiqdi. 

Holat bo`yicha viloyat IIB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:18da Toyloq tumanidagi "Bog`izag`on" podstansiyasidagi transformatorda yong`in yuzaga kelgan. Natijada tumanning ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga viloyat sektorlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari chiqib, holatni nazoratga olishgan.

Ta`mirlash ishlari yakunlangandan so`ng elektr ta`minoti qayta tiklanadi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar