AsosiyDunyo

Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

'Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi'ning rasmi

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Ma`lum qilinishicha, Tashqi ishlar vaziri Muttaki Kobulda Yaponiya elchisi bilan uchrashuvda 106 million dollarlik yordam va ijobiy diplomatik aloqalari uchun minnatdorchilik bildirgan va buni xalqaro hamjamiyat uchun “yo`l xaritasi” deb atagan.

Elchi Okada Takeshining ta`kidlashicha, Yaponiya katta ehtimol bilan kelasi yili BMT Xavfsizlik Kengashi a`zosi sifatidagi vazifalarini bajarishga kirishadi va BMTning ushbu organida Afg`onistonga nisbatan ijobiy rol o`ynashga harakat qiladi.

Ma`lumot uchun, Yaponiya elchixonasi oktyabr oyida Kobuldagi faoliyatini qayta boshlagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar