AsosiyJinoyat
3526

O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi

'O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi'ning rasmi

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi xodimlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, 1978 y.t. Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi (M.U.) shaxs namanganlik 19 va 27 yoshli opa-singilni aldab, ishonchiga kirib, ularni mo`may daromad topishga ishontirib, Toshkent-Hindiston avia yo`nalishi orqali fohishalik bilan shug`ullanishlari uchun yubormoqchi bo`lgan vaqtida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportda qo`lga olindi.

Aniqlanishicha, ushlangan shaxsning shar`iy nikohdagi xotini hozirgi kunda Hindiston davlatida bo`lib, qizlarni kutib olishi va ularni fohishalik qilishlari uchun sharoit yaratishi hamda er-xotin buning ortidan mo`may daromad topishni rejalashtirgan bo`lgan. Hatto qizlarning Hindistonga borish va viza xarajatlarini o`zlari to`lab bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxs va uning xotiniga nisbatan Qibray tumani ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi (odam savdosi) 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shuningdek, jinoyatga aloqador bo`lgan, muqaddam Parkent tumanida yashagan bugungi kunda Hindiston davlatida bo`lib turgan 32 yoshli ayolni ushlash (ekstradisiya qilish) choralari ko`rilmoqda.

Ma`lumot o`rnida qayt etish joizki, viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan 2022 yilning o`tgan davri mobaynida 8 ta holatda 15 nafar shaxs qo`lga olingan. Tadbirlar natijasida 12 nafar shaxsning, jumladan, 9 nafar ayolning odam savdosi qurboni bo`lishining oldi olinishiga erishilgan.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar