Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi kafelarning birida ikki nafar qiz o`zini ko`z-ko`z qilib o`yinchi qizlar yonida oyoqlari bilan o`zbek milliy valyutasini bosgan va uni qadrsizlantirgani aks etgan video tarqaldi.
Holat bo`yicha Samarqand viloyati IIB munosabat bildirdi.
"15 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan tungi klublarning birida olingan video tasvir holati yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borildi. To`plangan hujjatlar qonuniy qaroq qabul qilish uchun JIB Samarqand shahar sudiga yuborildi" deyiladi xabarda.
"Biz 7 oydan beri fuqarolarga xizmat qilib kelamiz. Mehmonlar bizning kafega kelib, tamaddi qilib ketishadi. ShU kunga qadar urush janjallar bo`lmagan. Kafega shou, baletlar kelishadi. Raqqosalarga pul sochilmaydi. O`sha kuni 2 nafar qiz kafega kelib, tamaddi qilishgan. Ularning o`zlari o`zini ustidan pul sochib o`zini-o`zi tasvirga olgan", — degan kafeda ishlaydigan xodim.
Bloger qizning o`zi:
"Men kafeda noto`g`ri ish qilmaganman. Fuqarolarning pul sochish bayramini ko`rsatib berganman xolos. Pullarni men sochmaganman", — dedi.
JIB Samarqand shahar sudining hukmiga ko`ra har ikkala huquqbuzarga BHMning 3 baravarida jarima jazosi tayinlandi.
Eslatib o`tamiz, noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi va suratlarni tarqatgan bu blogerga sud qarori bilan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.






