Markaziy bankning ma`lum qilishicha, nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan tanga ko`rinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinasiyadan iborat bo`lib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.
Tanga diametri – 26,27 mm., ichki disk diametri – 17,6 mm., qalinligi – 1,6 mm., og`irligi – 7,3 gr.
Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan "Islom sivilizasiyasi markazi"ning binosi tasvirlangan. Uning pastki qismida botiq holda tanga qiymati «1000» raqami va lotin bosma harflarida "so’m" so`zi yozilgan.
Orqa tomoni (revers) markazida O`zbekiston Davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo`ylab bosma lotin harflarida aylanasimon ko`rinishda «O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» so`zlari yozilgan.
Gerbning ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – "2022" raqami ko`rsatilgan. Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.