AsosiyJamiyat

"Bu yil eng baxtli ustoz, eng baxtli magistr bo`ldim". Angliyaning University of Reading magistranti va bitiruvchisi bo`lgan farg`onalik o`qituvchi ichki kechinmalari haqida gapirdi

'"Bu yil eng baxtli ustoz, eng baxtli magistr bo`ldim".  Angliyaning University of Reading magistranti va bitiruvchisi bo`lgan farg`onalik o`qituvchi ichki kechinmalari haqida gapirdi'ning rasmi

Tobora yakunlanib borayotgan 2022 yil esda qolarli voqe va hodisalarga boy bo`ldi. Dunyo hamjamiyatida yaxshi va yomon yangiliklar ro`y berdi. Shu bilan birga kimlar uchundir unitilmas yilga aylandi. Ulardan biri Farg`ona viloyati, Farg`ona shahridagi 21-maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi Sevaraxon Ikromova.

Qahramonimiz 2022 yilda «El-yurt umidi» fondi stipendianti sifatida Angliyaning etakchi universitetlaridan biriga magistratura bosqichiga o`qishga kirdi. Sevaraxon Ikromova o`zining ichki kechinmalari bilan o`rtoqlashdi. 

"2022 yil hayotimdagi eng muhim davr bo`ldi - Angliyaning University of Reading, MATESOL magistratura bosqichiga «El-yurt umidi» fondi stipendianti sifatida g`olib bo`lib, o`qishga keldim. Bu esa g`olib bo`lgan Xalqaro tanlovlarim ichida eng asosiysi bo`ldi!!  

Tez orada o`qishlarni tugatib, O`zbekistonga qaytish arafasidaman. Bu yil juda ko`p o`rgandim, izlandim, tajriba orttirdim.

Menga, oddiy maktab o`qituvchisiga shunday imkoniyat yaratgan Prezidentimizga, «El-yurt umidi» fondiga, xalqimizga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Zero, bu kabi imkoniyat hammaga berilavermaydi. Shu boisdan ham bu yil eng baxtli ustoz, eng baxtli magistr bo`ldim, deb ayta olaman! Allohga shukr!

Hozirda Angliyaning University of Reading magistranti va bitiruvchisi ekanligimdan behad shodman!

Olgan bilimlarimni o`quvchilarimga berib, yurtimiz ravnaqini yuqori ko`taruvchi avlod bo`lishlarida o`z hissamni qo`shaman",–dedi farg`onalik o`qituvchi.

    Boshqa yangiliklar