1

O`zbekistonda vazirliklar shtatlari qisqarishi byudjetga qancha foyda keltirishi ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 26.12.2022, 21:51
O`zbekistonda vazirliklar shtatlari qisqarishi byudjetga qancha foyda keltirishi ma`lum qilindi

Moliya vaziri o`rinbosari Odilbek Isoqov O`zbekistonda  vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartirilishi natijasida byudjetning 2,8 trillion so`m mablag`i tejalishini aytdi. Vazir o`rinbosari bu haqda Xalqaro Press klubda gapirdi. 

Qayd etilishicha, bunday ma`muriy islohotlarni amalga oshirish natijasida davlat g`aznasi mablag`lari quyidagicha tejaladi:

vazirlik va idoralar shtat birligini 30 foizgacha qisqartirish hisobiga 2,4 trillion so`m;

tashkilot va idoralarni maqbullashtirish hisobiga bo`shaydigan 300 dan ortiq binolarni sotishdan 300 milliard so`m;

rahbar lavozimlarini qisqartirish orqali taxminan 55 ta avtomobillarni ausionda sotish hisobiga 16 milliard so`m;

hududlarga xizmat safarlarini qisqartirish, joylardagi muammolarni onlayn qabul yoki virtual tashrif kabi zamonaviy texnologiyadan foydalanish orqali qariyb 17 milliard so`m;

davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog`liq xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga 22 mlrda so`m;

rasmiy tadbirlarni o`tkazish bo`yicha xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 18 milliard so`m.

Tejalgan pullar ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1