AsosiyJamiyat

1 yanvardan O`zbekiston qonunchiligida nimalar o`zgaradi?

'1 yanvardan O`zbekiston qonunchiligida nimalar o`zgaradi?'ning rasmi

1 yanvardan nimalar o`zgaradi:

“Tibbiyot brigadalari”ga qo`shimcha 4 900 ta shtat beriladi;

️Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo`limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi;

️Advokatlik faoliyati elektron tizim orqali lisenziyalanadi;

️Qorako`lchilik mahsulotlari etishtiruvchilar uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi;

Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko`paytiriladi;

Toshkentda jamoat transportida moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi;

Ko`p kvartirali uylarni chiqindi to`plash joylarisiz loyihalashtirishga yo`l qo`yilmaydi;

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma`lumotlar majburiy tartibda e`lon qilib boriladi;

Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo`yicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining o`zida o`tkaziladi;

️Fuqarolarga yuridik yordam ko`rsatish jarayonlari raqamlashtiriladi;

Poyabzal ishlab chiqaruvchilar foyda solig`idan ozod qilinadi;

Saudiya Arabistoni fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadi

Xo`jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi bayonlari elektron tizimga joylashtiriladi;

Ayrim faoliyatlar bilan o`z tomorqasida shug`ullanganlar rasmiy band bo`lgan aholi toifasiga kiritiladi;

UZKAD kafolatlangan yagona axborot tizimi etib belgilanadi;

YaTTlar uchun ijtimoiy soliq summasining miqdori kamaytiriladi;

Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo`naltirilgan mablag`dan daromad solig`i olinmaydi;

Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlanadi;

Maktablarda o`zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosi o`rgatiladi.

    Boshqa yangiliklar