Buxoroda bulduruq hodisasi kuzatildi. Bu haqda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bermoqda.
Bulduruq qalin tuman sabab ko`rinuvchanlik 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo`lganida kuzatiladi.
Namlikka o`ta to`yingan havo tarkibidagi suv kristallashib, daraxt shoxlari va simyog`ochlarga yopishib qoladi. Ya`ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.






