2023 yil 1 yanvaridan boshlab O`zbekistondagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi.
Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Xususan, Prezident qaroriga (PQ–471, 30.12.2022 y.) ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat bog`chalarida bola ta`minoti uchun to`lovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagicha kamaytiriladi:
- 5-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
- 4-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
- 3-toifadagi tumanlarda — 30 foiz.






