Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida 14 dekabr kuni ikki yigit boshqa yigitni kaltaklab, mashinasini olib qochdi.
Ma`lum bo`lishicha, soat 01:47 da Alisher Navoiy ko`chasidagi avtobus bekatida yigitlar haydovchini kaltaklab, hushidan ketqazgan va uning Nexia mashinasini olib qochgan.
"Maqsad uning mashinasini olib qochish edi. Avtomobil ichidan hujjatlarni olganman. Keyin undan tushib, o`zimizning mashinaga o`tirib, Farg`onaga ketganmiz", — deydi ayblanuvchilardan biri.
Shuningdek, mashinani olib qochish jarayonida salon ichidagi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, sug`urta polisi va avtotransport vositasi guvohnomasi ham olib qochilgan.
Tezkor qidiruv guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Nexia Qo`qon shahri Alisher Navoiy ko`chadagi Davlat xizmatlari agentligi binosi ro`parasida avtoturargohda tashlab ketilgan aniqlandi.
Tergovchi Qahramon Xolmatovning ta`kidlashicha, holat yuzasidan 3 nafar shaxsga nisbatan Qo`qon shahri IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






