AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 16 ta OTMda o`qish 09:30 dan boshlanadi

'Toshkentdagi 16 ta OTMda o`qish 09:30 dan boshlanadi'ning rasmi

11 yanvardan Toshkentdagi metro bekatlariga yaqin joylashgan 16 ta oliy ta`lim muassasasining ish grafigi 9:30 ga o`zgaradi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Transport vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining qarori qabul qilingan.

Qayd etilishicha, bu o`zgarish tig`iz vaqtlarda metropolitenda yo`lovchi oqimini maqbullashtirish bilan bog`liq. Tegishli ta`lim muassasalarida ish grafigi maqbullashtirilgandan so`ng tig`iz vaqtlarda metropolitenda yo`lovchi oqimini to`g`ri taqsimlash bo`yicha qo`shimcha choralar ko`riladi. 

Quyidagi oliy ta`lim muassasalarida darslar 9:30 dan boshlanadi:  

– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti; 

– Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti; 

– Puchon universiteti; 

– TMS instituti; 

–Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; 

– G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali; 

– O`zbekiston davlat konservatoriyasi; 

– Vebster universiteti; 

– Toshkent kimyo-texnologiya instituti; 

– Toshkent farmasevtika instituti; 

– Toshkent davlat yuridik universiteti; 

– Toshkent moliya instituti; 

– Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

– Toshkent davlat texnika universiteti;  

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; 

– Yangi O`zbekiston universiteti.

    Boshqa yangiliklar