Putin tez orada vafot etadi, u saraton kasalligiga chalingan— Ukraina razvedkasi rahbari

Dunyo 05.01.2023, 10:22
Teglar: Putin, Ukraina, Kirill Budanov
Putin tez orada vafot etadi, u saraton kasalligiga chalingan— Ukraina razvedkasi rahbari

Vladimir Putinning sog`lig`i holati so`nggi paytlarda matbuotning asosiy mavzusiga aylandi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov diktatorning yashashga juda oz vaqti qolganiga ishonadi. Bu haqda Kirill Budanov o`z intervyusida aytib o`tdi. Uning so`zlariga ko`ra, Kreml diktatori saraton kasalligiga chalingan.

"Putin urush tugaganidan keyin vafot etadi. Kreml diktatori yaqin kelajakda vafot etishiga ishonchim komil, chunki u uzoq vaqt kasal bo`lgan. Diktator saraton kasalligiga chalingan", - dedi u. 

Budanovga ko`ra, Putin vafotidan keyin Rossiyada hokimiyatga o`tish jarayoni boshlanadi. Biroq jurnalistning "Putinning o`limi urushni tugatadimi yoki yo`qmi" degan savoliga javoban razvedka boshlig`i "Putin Ukraina g`alabasidan keyin halok bo`ladi, chunki urush o`limidan oldin tugashi kerak", dedi.

"U o`lishidan oldin bu urush tugashi kerak", deya ta`kidladi Budanov

Jurnalist, shuningdek, Budanovdan Putinning kasali haqida qaerdan ma`lumot olganini so`radi. Bunga u "Putinga yaqin manbalardan olingan ma`lumot bu", - deya javob qaytardi. 

 

Sharhlar

Hech qachon o`z kasbi bo`yicha ishlamagan, "KVN"chi, qiziqchi va aktyorlikdan Ukraina prezidentligigacha... Zelenskiy haqida nimalar ma`lum?

25.01.2023, 10:46

Ukraina Prezidenti va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo`mondoni Vladimir Aleksandrovich Zelenskiy 1978 yil 25 yanvar kuni Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Krivoy Rog shahrida dunyoga kelgan. Bugun...
Evropa Ittifoqi Ukrainaga yana 500 million evro miqdorida harbiy yordam ajratadi

24.01.2023, 09:34

Evropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi Ukrainaga Evropa tinchlik jamg`armasi orqali umumiy qiymati 500 million evro bo`lgan ettinchi harbiy yordam transhini berishga kelishib oldi....
Zelenskiy Putinning tirikligiga shubha bildirdi

21.01.2023, 11:15

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara qilishdan bosh tortdi, chunki u Rossiya Federasiyasi rahbari tirik ekanligiga ishonchi komil emas. Zelenskiy bu...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...