AsosiyJamiyat

O`zbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-o`rinni egalladi

'O`zbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-o`rinni egalladi'ning rasmi

Global Firepower'ning 2023 yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida O`zbekiston 145 ta davlat orasida 62-o`rinni egalladi.

O`zbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta o`quv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta tank, 197 ta o`ziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta yoppasiga o`q uzish tizimlari mavjud.

O`zbekistonda xizmatni o`tashga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv 622 ming kishiga to`ldirilmoqda. Ayni paytda O`zbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.

Reytingda kuchli uchlikni AQSh, Rossiya va Xitoy egalladi.

Qo`shni Qozog`iston 63-o`rin, Turkmaniston 82-o`rin, Qirg`iziston 107-o`rin, Afg`oniston 114-o`rin, Tojikiston 120-o`rindan joy oldi.

    Boshqa yangiliklar