1

O`zbekiston Qahramoni Munojat Yo`lchieva nomidagi stipendiya ta`sis etildi

Madaniyat 11.01.2023, 21:15
O`zbekiston Qahramoni Munojat Yo`lchieva nomidagi stipendiya ta`sis etildi

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining “Oliy ta`lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o`zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to`g`risida” 2022 yil 22 dekabrdagi 422-son buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutida ta`lim olayotgan talabalar uchun san`atimizning chin ma`nodagi fidoiysi, O`zbekiston Qahramoni Munojat Yo`lchieva nomidagi stipendiya ta`sis etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur stipendiya Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutining 2-kursni tugatgan bakalavriat hamda 1-kursni tugatgan magistratura talabalariga berilishi ko`zda tutilgan bo`lib, nomzod tanlov asosida saralanadi.

Talabgorning hujjatlari Institut Ilmiy bo`limi tomonidan qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar tanlov muddati tugagach bir hafta muddatda Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi va komissiyasining qarori bilan hujjatlarni ko`rib chiqish uchun ekspertlar belgilanadi.

Ekspertlar Tanlov komissiyasi a`zolari va Institut professor-o`qituvchilari yoki zarur hollarda boshqa tashkilotlardan jalb etilayotgan ekspertlarning roziligi bilan tayinlanishi ko`zda tutilgan.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan va stipendiyaga tavsiya etilganlarning ro`yxati Kengash raisi tomonidan buyruq asosida tasdiqlanib stipendiyani to`lab berish uchun taqdim etiladi.

Stipendiantlar bo`yicha fakultet yoki bo`limning institut ichki tartib qoidalarini buzganligi yoki ilmiy faoliyatida sustkashlikka yo`l qo`yganligi to`g`risidagi taqdimnomasiga ko`ra, Kengash qarori bilan stipendiya berilishi to`xtatiladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1