Respublika Gidrometeorologiya markazi 16—18 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.
kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 17-18 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi, yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, ba`zi joylarda 17 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq, 17-18 yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq, 17 yanvarda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja sovuq, 18 yanvarda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.






