1

Mevali pishiriqlarning 7 siri

SUG'DIYONA 20.09.2016, 16:15
Teglar: Taom
Mevali pishiriqlarning 7 siri

1.  Mevali pirog pishirayotganda mevalarni bandidan tozalab, ozroq un bilan aralashtirib oling. So`ngra xamirga qo`shsangiz, sharbati ajralmaydi.

2.  Oshirma xamirli bulochka tayyorlayapsiz. Nachinka sifatida biror mevani tanladingiz. Mevalarni xamir ichiga qay tariqa joylashtirsangiz ham muhimi chetini zichlab tuging. Yo`qsa sharbati ajralib ketishi mumkin. Sharbati o`zida qolsa, pishiriq yanada mazali bo`ladi. 

3.  Mevali pishiriqlarni har doim qizdirilgan gaz pechining o`rta haroratiga qo`yish kerak. Baland haroratga qo`yilsa, pishiriq yuzasiga tez qizarib, ichidagi mevasi hisobiga xamir yaxshi pishmaydi.

4.  Oddiy (nachinkasiz) pirogni ham meva ta`mi bilan boyitish mumkin. Buning uchun ta`m beruvchi vanilindan foydalaning. Pishgach esa qulupnay, maymunjon ta`mli tayyor glazurni ishlating. Rangi ham, mazasi ham manzur bo`ladi. 

5.  Nonushtaga mevali blinchik tayyorlashga nima deysiz?! An`anaviy usulda blinchik xamirini tayyorlab, ichiga meva pyuresini soling. Masalan, qulupnayni blenderda ezg`ilab, qand upasi bilan aralashtiring. So`ngra blinchik ichiga surting-da, uzunasiga o`rab chiqing. Qand upasidan bezak o`rnida foydalanishingiz mumkin.

6.  Tvorog va meva! Bu ikkisidan juda mazali  pishiriq tayyorlash mumkin. Ammo bir sharti bor: pirog korji ustiga avval tvorog+tuxum+shakarli aralashmani solib, pishirib olasiz. Shundan keyin istalgan mevani tvorog ustidan terib, yana gaz pechiga qo`yishingiz mumkin.

7.  Eng oddiy desertlardan biri bize va mevadan tayyorlanadi. To`rt dona tuxumni mikserda ko`pirtirib, 1 stakan shakar bilan aralashtiring. Pishiriq qog`ozi solingan patnisga istalgan shakldagi bize ko`rinishi hosil qiling. Past olovda 2 soat pishgan bizeni ikkiga ajratib, orasiga qaymoqli krem va meva bo`laklarini qo`yasiz. Yarim soat muzlatgichda tursa, og`izda eriydigan desert bo`ladi.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1