1

2023 yilda jahonda neftga bo`lgan talab keskin oshadi

Iqtisodiyot 19.01.2023, 20:26
2023 yilda jahonda neftga bo`lgan talab keskin oshadi

 Xalqaro energetika agentligi (XEA) hisob-kitoblariga ko`ra, 2023 yilda jahonda neftga bo`lgan talab sutkasiga 1,9 million barrelga o`sib, rekord darajadagi 101,7 million barrelni tashkil etishini kutilmoqda. 

«O`sishning deyarli yarmi Xitoy tomonidan mamlakatda kovid cheklovlari olib tashlashi bilan bog`liq bo`ladi. Shu bilan birga, 2023 yilda dunyoda neftga bo`lgan talab o`sishining asosiy manbai avia yoqilg`i bo`ladi, unga bo`lgan talab kuniga 840 ming barrelga oshadi», - deyiladi XEAning yanvar oyidagi hisobotida.

Agentlik shuningdek, 2023 yilda global neft etkazib berishning o`sishi o`tgan yilgi sutkalik 4,7 million barrelga oshganidan keyin kuniga 1 million barrelgacha sekinlashishini taxmin qilmoqda.

OPEK+ tashkilotiga a`zo bo`lmagan davlatlar bu yil neft etkazib berishni kuniga 1,9 million barrelga oshiradi, OPEK+ davlatlaridan esa Rossiyada ishlab chiqarishning kutilayotgan pasayishi tufayli neft etkazib berish kuniga 870 ming barrelga kamayadi.

XEA ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilda ta`minot o`sishi bo`yicha jahon etakchisi, ikkinchi yil qora oltin ishlab chiqarish bo`yicha yillik rekordni o`rnatgan Kanada va Braziliya bilan birga Qo`shma Shtatlar bo`lib qoladi.

Hisobotda qayd etilishicha, global kuzatilgan neft zaxiralari noyabr oyida 79,1 million barrelga oshib, 2021 yil oktabridan buyon eng yuqori darajaga etgan.

Biroq, 2023 yil boshida neft zaxiralari balansi G`arb sanksiyalarining Rossiya eksportiga ta`siri tufayli tez yomonlashishi mumkin. Tovar bozorlari, xususan, dizel yoqilg`isi, neftga bo`lgan talabning tiklanishi sababli eng ko`p xavf ostida bo`lishi mumkin.

XEA ta`kidlashicha, energiya samaradorligini oshirish choralari va elektr transport vositalarining keskin o`sishi 2023 yilda qora oltinga global talabning o`sishini cheklaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1