Evropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi Ukrainaga Evropa tinchlik jamg`armasi orqali umumiy qiymati 500 million evro bo`lgan ettinchi harbiy yordam transhini berishga kelishib oldi. Bu haqda Bryusselda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik bo`yicha oliy vakili Xosep Borrel ma`lum qildi.
U, shuningdek, EI davlatlari tomonidan Ukraina harbiylarini tayyorlash bo`yicha Evropa Ittifoqining maxsus missiyasi uchun yana 45 million evro ajratish bo`yicha kelishuvga erishilganini ma`lum qildi. 15 000 nafar ukrainalik askarni asosiy tayyorgarlikdan o`tkazish uchun mo`ljallangan ushbu missiya 2022 yil oxirida Polshada boshlangan.
Shu tariqa, 2021 yilda EI tomonidan asos solingan Evropa tinchlik jamg`armasi orqali Ukrainaga ajratiladigan mablag` 3,6 milliard evroga etadi. Ayni paytda, Evropa Ittifoqi va unga a`zo davlatlar tomonidan Ukrainaga ko`rsatilgan yordamning umumiy miqdori 50 milliard evroga yaqinlashdi va bu Evropa Ittifoqini Ukrainaga yordam ko`rsatish bo`yicha dunyoda etakchiga aylandi, dedi Borrel.
25.01.2023, 10:46
Ukraina Prezidenti va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo`mondoni Vladimir Aleksandrovich Zelenskiy 1978 yil 25 yanvar kuni Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Krivoy Rog shahrida dunyoga kelgan. Bugun...14.01.2023, 12:02
Ukraina NATOning xususiy harbiy kompaniyasiga aylandi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya. Bu haqda "Sputnik" xabar bermoqda. Xavfsizlik kengashi yig`ilishida u Ukraina xalqi o`zgalarning topshiriqlari...05.01.2023, 10:22
Vladimir Putinning sog`lig`i holati so`nggi paytlarda matbuotning asosiy mavzusiga aylandi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov diktatorning yashashga juda oz vaqti qolganiga ishonadi. Bu haqda Kirill...14.12.2022, 12:07
Evropa Ukraina uchun 30 millionga yaqin yorug`lik diodli lampalar (LED) sotib olish uchun mablag` ajratadi. Bu haqda Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyaen aytib o`tdi,...