1

28-29 yanvar kunlari havo harorati ko`tariladi - "O`zgidromet"

Jamiyat 25.01.2023, 18:25
28-29 yanvar kunlari havo harorati ko`tariladi - "O`zgidromet"

"O`zgidromet" 27-29 yanvar kuni respuyultka bo`ylab kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e`lon qildi. Unga ko`ra:

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq,
28 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 29 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

TOShKENT, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi
6-11° sovuq, ayrim joylarga 13-15° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi. 

SAMARQAND VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi
6-11° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

SURXONDARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq,
28-29 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi
8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 28-29 yanvarda kechasi 6-11°sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq,
28-29 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1