1

Andijondagi xonadonlarning birida yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 25.01.2023, 19:52
Andijondagi xonadonlarning birida yong`in sodir bo`ldi

Bugun, 25 yanvar kuni Andijon shahridagi xonadonlarning birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:22 da Andijon shahrining «Bekguzar» MFY hududida yashovchi — 1952 yilda tug`ilgan T.M.ning uyida 90 kvadrat metr maydonda shift tom qismi hamda ro`zg`or buyumlari yongan. Voqea joyiga soat 16:30 da etib borilib, 17:00 yong`in to`liq o`chirilgan. Yong`indan uyning 250 kvadrat metr joyi saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1