AsosiyJamiyat

"Zomin" turistik-rekreasion zonasi direksiyasi direktori ishdan olindi

'"Zomin" turistik-rekreasion zonasi direksiyasi direktori ishdan olindi'ning rasmi

Hukumatning 26 yanvardagi qaroriga muvofiq Sobirjon Shamsiddinovich Oripov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Zomin" turistik-rekreasion zonasi direksiyasi" DUK direktori lavozimidan ozod etildi.

O`z navbatida, Hukumatning 26 yanvardagi qarori bilan Shuxrat Jurabaevich Xakimov "Zomin" turistik-rekreasion zonasi direksiyasi" DUK direktori lavozimiga tayinlandi.  

Bunga qadar Sh.Xakimov Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikasiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar