AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonliklar 2022 yilda xorij elektromobillari uchun 69,8 mln. AQSh dollari sarfladi. Qaysi davlat mashinalari ko`p xarid qilingan?

'O`zbekistonliklar 2022 yilda xorij elektromobillari uchun 69,8 mln. AQSh dollari sarfladi. Qaysi davlat mashinalari ko`p xarid qilingan?'ning rasmi

Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.

O`zbekiston 2022 yilda eng ko`p elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1 941 dona

— BAA – 111 dona

— Germaniya – 58 dona

— Gonkong – 42 dona

— Litva – 10 dona

— Koreya – 7 dona

— Boshqa davlatlar – 11 donani tashkil etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar