AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz”: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zahiralari hisoblanmoqda

'“O`zbekneftgaz”: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zahiralari hisoblanmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari asosida “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga respublikaning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg`ona, Hisor va Markaziy Qizilqum regionlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun neft va gazga istiqbolli bir qator konlar va maydonlar ajratilgan.

Mazkur qaror va farmoyishlar bilan “O`zbekneftgaz” AJ oldiga 2020-2025 yillar mobaynida ushbu konlarda qidiruv bosqichini yakunlash hamda ajratilgan yangi maydonning neftgazlilik istiqbolini baholash orqali belgilangan uglevodorod hom-ashyo zahirasini o`stirish topshirig`i qo`yilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta`minlash maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ bo`yicha uglevodorod xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish bo`yicha yillik ishlab chiqilgan Dasturlar asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Geologiya-qidiruv ishlari yakunlangan konlar natijalari asosida ularning yakuniy zahiralarini baholash ishlari amalga oshiriladi.

“O`zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti ma`lumotlariga ko`ra, aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020-2022 yillar mobaynida yakuniy zahiralarni hisoblash bo`yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida uglevodorod va foydali qazilmalar zahiralari bo`yicha quyidagi konlar Davlat zahiralari komissiyasida tasdiqlandi.

• 2020 yilda “Chakkaqum-Shimoliy Suzma”, “Murodtepa-Atamurod” konlari.

• 2021 yilda “Do`ltatepa”, “Marvarid”, “Janubiy Kulbeshkak”, “Uchtepa” konlari.

• 2022 yilda “To`maris”, “Arslon”, “Sho`rtak” konlari.

2023 yild ham ushbu Dastur ijrosini ta`minlash maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga ko`ra “Yormoq”, “Andakli”, “Shorqum”, “O`rtaqum”, “Ijobat”, “O`rtabuloq” (ter.yura), “Chaqar” va “Tarnasoy” kabi konlarning yakuniy zahiralarni hisoblash belgilab olingan.

    Boshqa yangiliklar