1

Ichki ishlar vaziri Farg`onadagi muammolarni o`rgandi

Jamiyat 31.01.2023, 20:58
Ichki ishlar vaziri Farg`onadagi muammolarni o`rgandi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Farg`ona viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhning yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda viloyat ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarining real holatini, aholini gaz, elektr energiyasi, ko`mir va ichimlik suvi bilan ta`minlash ahvoli va fuqarolarning ushbu tizimdan roziligini o`rganish, iste`mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini, oziq-ovqat zaxiralari mavjudligi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og`ir mahallalarda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar etakchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish amaliyotiga oid masalalar muhokama etildi.

Ishchi guruh a`zolariga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, maktab o`quvchilari, talabalar, ayollar va yoshlar orasida qonunga itoatkorlik hissini shakllantirish, jinoyatchilikni mahallabay jilovlash dasturlarining ijrosi, oila-turmush munosabatlari doirasida hamda yoshlar, ayollar tomonidan va ishsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin bo`lgan jinoyatlarning oldini olish borasida mahallada shakllantirilgan beshlikning ya`ni, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va xotin-qizlar faollari bilan hamkorlik masalalariga jiddiy e`tibor qaratish zarurligi tushuntirildi.

Tadbir jarayonida, Ichki ishlar vaziri respublika jamoat xavfsizligi konsepsiyasi bilan belgilangan vazifalarning ijrosi hamda bu borada mas`ul idoralar bilan kunlik faoliyatni tashkil etish ahvoli tanqid qilib, yo`llarda inson xavfsizligi uchun munosib sharoitlarni yaratish, yo`llarning infratuzilmasini takomillashtirish, qoidabuzarliklarni qayd etishning zamonaviy raqamli texnologiyalarini yanada kengroq joriy etishga, profilaktika inspektorining mahalla faollari bilan hamkorligini takomillashtirish bo`yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1