Toshkentda orqa oynasi siniq avtobusni yo`nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi

Jamiyat 31.01.2023, 22:09
Toshkentda orqa oynasi siniq avtobusni yo`nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida texnik nosoz holatda yo`lga chiqqan avtobus e`tirozlarga sabab bo`ldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” izoh berdi.

Unda aytilishicha, shahardagi “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, MAN rusumli 94-sonli avtobus haydovchisi Sh.Sh. o`ziga biriktirilgan avtobusni orqa oynasini ehtiyotsizlik oqibatida sindirib olgan. 

Oqibatda o`z xizmat vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondoshgani va avtobusni nosoz holatda yo`nalishga chiqargani uchun navbatchi mexanik Sh.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Bundan tashqari “7-Avtobus saroyi” bosh muhandisiga xayfsan intizomiy chorasi ko`rilgan.

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “7-Avtobus saroyi” filiali mutasaddi rahbarlariga tegishli ko`rsatmalar berildi hamda barcha ishchi xodimlarga navbatdan tashqari yo`riqnoma o`tkazildi. Yo`lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o`z manzillariga sog`-omon etkazib qo`yish eng oliy maqsadimiz ekanligi yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilganini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1