AsosiyJamiyat

Jizzaxda 34 yoshli ayol 3 nafar bolasi bilan birga bedarak yo`qoldi

'Jizzaxda 34 yoshli ayol 3 nafar bolasi bilan birga bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Jizzaxda ayol uch nafar bolasi bilan bedarak yo`qoldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi

Unda aytilishicha 1989  yil 3 noyabrda Jizzax shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta, vaqtincha ishsiz, Zarbdor tumani, Yangikent mahallasi Do`stlik ko`chasi 7/2-uyda yashab kelgan O`razova Nodira Xolmirza qizi qidirilmoqda. 

Nodira O`razova 2023 yil 1 yanvar kuni soat 09:30da Jizzax shahri Sayxon MFYda yashovchi otasining uyidan 3 nafar voyaga etmagan (fotosuratdagi) farzandlari bilan noma`lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmagan. 

"Egnida qizil rangli ayollar ko`ylagi, ustida siyohrang uzun jenfer, boshida ko`k ro`mol bo`lgan
O`razova Nodira Xolmirza qizi hamda uning farzandlari haqida ma`lumotga ega bo`lgan yurtdoshlarimizdan quyidagi telefon raqamlariga yoki ichki ishlar organlariga xabar berishlarini so`raymiz",deyiladi xabarda.

Ayolni yoki uning farzandlvrini ko`rgan fuqarolar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:
+998722267622
+998722267621
+998996874237

    Boshqa yangiliklar