Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog`istonda “ikkinchi Ukraina” tashkil etilishi haqidagi savolga javob berdi.
“Yana bir bor ta`kidlamoqchimanki, Rossiya-Qozog`iston ittifoqining yanada rivojlanishiga qarshi bo`lganlarning barcha intrigalariga qaramay, biz sheriklar bilan ko`p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha ishlashda davom etamiz, bu esa do`st Qozog`iston bilan o`zaro munosabatlarda yordam beradi”, - dedi u.
Lavrov Rossiya BMT Nizomiga muvofiq xalqaro huquqning umume`tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq ish tutishini, respublikaning ichki ishlariga aralashmasligini ta`kidladi.
"Rossiya va Qozog`iston ko`p yillik do`stlik va ishonch munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan yaqin qo`shnilar. Bugungi kunda munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasida ekani bejiz emas. Shu bois Rossiya va Qozog`iston rasmiylari umumiy dolzarb muammolarni hal qilishda yaqindan hamkorlik qilayotgani tabiiy hol”, - deya qo`shimcha qildi Lavrov.