AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi avtobus yo`nalishi yo`lga qo`yildi

'Toshkentda yangi avtobus yo`nalishi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

1 fevral kunidan boshlab Toshkent shahri bo`ylab 152-sonli Chorsu savdo markazi AShB—Moliya akademik liseyi yangi bog`lovchi avtobus yo`nalishi harakati tashkill etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Chorsu savdo markazidan Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Do`rmon yo`li, Bog`ishamol, Gulshan, Zarbuloq ko`chalari orqali Moliya akademik liseyiga qadar boriladi. Qaytish yo`nalishida liseydan Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bog`ishamol, Do`rmon yo`li, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, Mavoiy, Samarqand Darvoza, Navoiy ko`chalari orqali Chorsu savdo markaziga qadar qatnaydi.

Yo`nalish soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan. Yo`nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida:

  • ish kunlariga 5 ta;
  • shanba kunlariga 4ta;
  • yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar