AsosiyJamiyat
3424

Dehqon xo`jaliklariga 50 million so`mgacha garovsiz kredit beriladi

'Dehqon xo`jaliklariga 50 million so`mgacha garovsiz kredit beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-39-son qarori qabul qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq:

  • dehqon ho`jaliklari va kichik tadbirkorlik sub`ektlariga 50 mln so`mgacha garovsiz kredit beriladi;
  • hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori 225 million so`mdan 300 million so`mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o`ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;
  • ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo`lga qo`ygan va kreditni o`z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik sub`ektlariga faoliyatini kengaytirishi uchun kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
  • hokim yordamchisining tavsiyasiga ko`ra kredit summasining 10 million so`mgacha bo`lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so`mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o`tkazib beriladi;
  • ajratilgan kreditlarni o`z muddatida qaytarmaganlarga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo`l qo`yilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar