Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Qozog`istonning Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti xabar berdi.
Avtobusda 51 nafar yo`lovchi bo`lgan. Voqea joyiga etib kelgan qozog`istonlik qutqaruvchilar 33 nafar O`zbekiston va 18 nafar Tojikiston fuqarolarini Nurlikent qishlog`idagi madaniyat markaziga etkazgan va ular issiq ovqat bilan ta`minlangan.
Ma`lum bo`lishicha, avtobus Qozog`iston va O`zbekiston chegarasidagi Jibek-Jo`li (Chernyaevka) qishlog`i bojxona postidan o`tib, Ostona shahriga yo`l olgan. Qayd etilishicha, shu kuni soat 17:30 da barcha yo`lovchilar, jumladan, 5 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar Chimkent shahridan qo`shimcha chaqirilgan avtobusda manzillariga jo`natilgan.