1

Ertaga O`zbekistonda harorat 20 daraja iliqqacha ko`tariladi — "O`zgidromet"

Jamiyat 07.02.2023, 13:45
Ertaga O`zbekistonda harorat 20 daraja iliqqacha ko`tariladi — "O`zgidromet"

"O`zgidromet" 8 fevral kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yodadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.  

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, ba`zi joylarda 17-20° iliqgacha bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, ba`zi joylarda 20° iliqgacha bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1