AsosiyJamiyat

Prezident yig`ilishda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham to`xtalib o`tdi

'Prezident yig`ilishda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham to`xtalib o`tdi'ning rasmi

 Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna chiqindi hosil bo`lishi bilan, bugungi kunda bor-yo`g`i 18 foizi qayta ishlanmoqda.
Bundan tashqari, chiqindilarni saralab yig`ish bo`yicha qilinayotgan ishlar ham mutlaqo qoniqarsizligi ta`kidlandi.
“Maxsustrans” faoliyatini isloh qilish, uning moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Mutasaddilarga shahar chiqindisini qayta ishlashni kamida 50 foizga etkazish vazifasi qo`yildi.
Yig`ilish yakunida shahar rahbariyati va tumanlar hokimlarining hisoboti tinglandi.

    Boshqa yangiliklar