1

Shovot tumanida 3 ming so`mga chiqarib yuborilgan gaz narxi qayta tushirildi

Iqtisodiyot 15.02.2023, 08:49
Shovot tumanida 3 ming so`mga chiqarib yuborilgan gaz narxi qayta tushirildi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Shovot tumanida metan gaz narxini 2700 so`mdan 3000 so`mga chiqarishdi” sarlavhali xabar e`lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat Xorazm viloyati, Shovot tumani, Xitoy qishlog`ida joylashgan “Yashnarbek Rajabov” xususiy korxonasiga qarashli AGTKShda 2023 yil 11 fevral kuni soat 7:00dan 8:00ga qadar avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gaz 3000 so`mdan sotilganligi ma`lum bo`lgan.

Shu kunning o`zida korxona rahbariyati bilan shoxobchada yuzaga kelgan ushbu holat muhokama qilinib tushuntirish va tavsiyalar berilgan.

Shundan so`ng, 2023 yil 11 fevral kuni soat 8:00dan boshlab shoxobchada avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gazni 2700 so`mdan sotilishi yo`lga qo`yilgan va hozirgi kunda ham ushbu narxda sotilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1