Taniqli shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi

Madaniyat 25.02.2023, 15:26
Taniqli shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi

O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Oshiq Erkin (Erkin Madrahimov) 1937 yil 7 mayda Xivada tug`ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.

Oshiq Erkinning 30 ga yaqin badiiy va publisistik kitoblari nashr etilgan. Jumladan, “Iqbol”, “Ohular”, “Yilga tatigan bir tong”, ”Yolg`onning umri qisqa”, “Po`lat va uning bobosi”, “Tillaqush”, “Mehring tushdi yurakka”, “Azim daryo”, “O`lguncha sizni derman”, “Ishqing tushdi yurakka”, “ Mujgoningga sallamno” kabi kitoblari she`riyat ixlosmandlariga yaxshi tanish. 

Oshiq Erkin “Shuhrat” medali hamda O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1