Poytaxtimizda to`rtta tibbiyot muassasasi, xususan bitta respublika markazi qayta tashkil etiladi.
Ushbu choralar Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot muassasalari tuzilmalarini optimllashtirish hamda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash tizimidagi xodimlarning ish haqi tizimini muvofiqlashtirish choralari to`g`risida”gi Qarori bilan ko`zda tutilgan.
Endilikda Respublika yiringli jarrohlik va qandli diabet xastaligi jarrohlik asoratlari markazi bo`lmaydi, deya xabar beradi UT.uz nashri. Uni Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-sonli klinikasi tasarrufiga o`tkazishadi. Bungacha Markaz akademiyaning korpuslaridan birida faoliyat yuritardi.
Tibbiyot muassasalarining birlashtirilishi bemorlarga xizmat ko`rsatish sifatiga ta`sir qilmaydi. Yopilayotgan markaz xodimlari o`z joylarida ishlashadi, ammo tibbiy hujjatlarda yozuvlar o`zgaradi.
Olmazor tumanining talabalar poliklinikasi Olmazor tumani tibbiyot shaharchasining ko`ptarmoqli Markaziy poliklinikasiga aylantiriladi hamda nafaqat talabalarga balki shu erda yashovchi aholiga ham yordam ko`rsatadi.
Shu bilan birga Toshkent shahar 2-sonli klinik shifoxonasi hamda silkasalliklari shahar klinik shifoxonasi ham yopiladi. Bo`shayotgan o`rinlar poytaxtning boshqa tibbiyot muassaslariga o`tkaziladi. Poytaxt shifoxonalarining kengayishi aholiga xizmat ko`rsatish sifatining oshishiga yordam beradi.
03.04.2023, 10:05
Kecha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida turli suv toshqinlari yuzaga keldi. Ma`lum qilinishicha, poytaxtda bir necha soat ichida oylik yog`inning uchdan...04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...01.02.2023, 09:52
Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...