Ijtimoiy tarmoqlar orqali o`zining hajviy chiqishlari bilan tanilgan, “MittiVine” asoschisi Farhod Mannopov bugun erta tongda vafot etgani haqida xabar bergan edik.
26 yoshli Farhod Mannapov o`tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etganligi holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yuu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo`yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
F.Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
Bosh prokuratura jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.






