O`zbek kino va teatr san`atida o`z o`rniga ega Bakirovlar sulolasi vakili, aktyor va rejissyor Abror Bakirov vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar qildi.
Abror Bakirov “Afyun girdobi”, “Qandahorda toblanganlar”, ”Bir qadam o`ngga, bir qadam chapga”, ”Oltin devor”, ”Ivanov i Rabinovich” kabi filmlarda ishtirok etgan. Kinematografiya agentligi marhumning oila a`zolari hamda yaqinlariga ta`ziya izhor etdi. Marhumning oxirati obod bo`lsin.






