Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik ayol erining o`ynashini tiz cho`ktirib, samosud qilgani aytilgan video tarqaldi. Unda ayol erini jazmaniga bu ishini yig`ishtirishini, nafaqat bu erkak bilan, balki boshqalarning eri bilan ham yurmasligini aytgan.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning sentyabr oyida Jondor tumani "Pahlavon" mahallasida yashovchi 1995 yilda tug`ilgan Z.F. turmush o`rtog`i bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi D.D. ni nojo`ya so`zlar bilan haqorat qilib, uning sha`ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitib, ushbu jarayonni videotasvirga olgan.
Holat fuqaro D.D. ning murojaati asosida o`sha vaqtning o`zida tuman Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ma`muriy ish hujjatlari mazmunan ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga yuborilgan.
Tuman sudining 2022-yil 8-noyabr kunidagi qaroriga ko`ra fuqaro z.F. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, ya`ni 1,2 mln so`m jarima jazosi tayinlangan.






