13 mart kuni soat 18.30 da 1995 yilda tug`ilgan Rossiya Federasiyasi fuqarosi Andrey Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon ko`chasi, 75-uyning ettinchi qavatida joylashgan xonadondan o`zini pastga tashlab, vafot etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov xabar berdi.
Tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, sodir bo`lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.






