AsosiyJamiyat

Toshkentda 24 yoshli yigit katta qarzi sabab o`z joniga qasd qildi

'Toshkentda 24 yoshli yigit katta qarzi sabab o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

Toshkentda 24 yoshli yigit ko`p miqdorda qarz bo`lgani sabab o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, u turli xil internet o`yinlariga ishqiboz bo`lgan. Avvaliga mo`maygina daromad topgan yigit keyinchalik shu o`yinlar sabab katta qarzga botgan. Oqibatda o`z joniga qasd qilgan.

Shifokorning aytishicha, yigit o`ta og`ir ahvolda olib kelingan. Qarindoshlarining so`zlariga ko`ra, u ko`p miqdorda uksus ichib yuborgan. Buning oqibatida og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach, oshqozonida kimyoviy kuyish kuzatilgan.

Bemorga birinchi yordam sifatida uning oshqozoni yuvilgan. Hozirda ahvoli og`ir bemorga kerakli muolajalar ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar