O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va do`st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.
Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko`p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakatlarimizning etakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo`shma investisiya loyihalarini qo`llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko`rib chiqildi.
To`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish hamda O`zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperasiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e`tibor qaratildi.
Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.






