AsosiyJamiyat
2859

Jizzaxda er avval xotinini keyin esa o`zini pichoqladi

'Jizzaxda er avval xotinini keyin esa o`zini pichoqladi'ning rasmi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida er rashk sabab avval xotinini keyin esa o`zini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko`ra, holat 17 mart kuni Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahallasida sodir bo`lgan. Shu mahallada yashovchi 1991 yilda tug`ilgan fuqaro bilan 28 yoshli turmush o`rtog`i o`rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog`i bilan dastlab ayoliga, keyin esa o`ziga jarohat etkazgan. 

Qayd etilishicha, hodisa sababli 2 nafar voyaga etmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar