1

Jahon banki O`zbekistonga chorvachilikni rivojlantirish uchun 240 mln dollar beradi

Jamiyat 19.03.2023, 19:00
Jahon banki O`zbekistonga chorvachilikni rivojlantirish uchun 240 mln dollar beradi

Jahon banki O`zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi

Ma`lum qilinishicha, 14—15 mart kunlari ikki tomon o`rtasida “O`zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” ikkinchi bosqich loyihasi bo`yicha muzokaralar bo`lib o`tgan. Unga ko`ra, muddati 2023—2028 yillarga mo`ljallangan loyiha doirasida mamlakat chorvachilik tarmog`iga imtiyozli kredit mablag`lari yo`naltiriladi.

Xususan, loyihani amalga oshirish doirasida:

  • chorvachilik fermer va dehqon xo`jaliklarini hamda qishloq xo`jaligi korxonalarini qo`llab-quvvatlash;
  • chorvachilikda barqaror ishlab chiqarish salohiyatini oshirish;
  • sohada zamonaviy texnologik ish usullarini joriy etish;
  • yangi ish o`rinlari tashkil etish orqali qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash;
  • chorvachilik sektori daromadlarini oshirish ko`zda tutilgan.

“Yuqoridagi loyihani amalga oshirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi qo`mita xabarida.

Ta`kidlanishicha, ushbu loyiha may oyida Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan ma`qullanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1