1

O`zbekistonda bayram kuni qanday ob-havo kuzatilishi mumkinligi aytildi

Jamiyat 20.03.2023, 21:44
O`zbekistonda bayram kuni qanday ob-havo kuzatilishi mumkinligi aytildi

O`zbekiston bo`yicha 21 mart, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +21…+23 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3…+8 daraja, kunduzi +17…+22 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12 daraja, kunduzi +20…+25 daraja bo`ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +20…+25 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12 daraja, kunduzi +21…+26 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5…+10 daraja, kunduzi +17…+22 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlari tog`li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +10…+15 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1