Turkiya so`nggi 20 yildagi eng qurg`oqchilik bilan o`tgan qishni boshdan kechirdi va mutaxassislarning fikricha, kelayotgan yoz mavsumida suv ta`minoti muammosi muqarrar. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Ekspertlarning fikricha, mamlakatda iyun oyidan boshlab suv etishmasligi sababli katta inqiroz boshlanadi. Istanbul texnika universiteti o`qituvchisi Orxan Shenning so`zlariga ko`ra, kutilayotgan yog`ingarchilik suv omborlarini to`ldirish uchun etarli bo`lmaydi, ularning aksariyati qishki yog`ingarchilik kamayganligi sababli quriy boshlagan.
Davlat gidrotexnika inshootlarini nazorat qilish bosh boshqarmasi sobiq direktori Dursun Yildiz ham xuddi shunday fikrda. Uning aytishicha, mamlakat uchun vaziyat “yaqinda sodir bo`lgan zilzila kabi og`ir” va bu muammoni milliy xavfsizlik masalasi sifatida zudlik bilan hal qilish kerak.
Qishda Turkiyada yog`ingarchilik o`rtachadan 24 foizga kam yog`gan.
Mutaxassislar suvni tejashni, sensorli kranlardan foydalanishni, tishlarini cho`tkalashda suvni o`chirishni, dush vaqtini qisqartirishni va avtomobillarni uzoq vaqt yuvishdan qochishni tavsiya qiladi.






